📖Mulk (Taborak) Surasi 💕go'zal qiroat | OyatUz
Oyat Uz Oyat Uz
563K subscribers
138,836 views
0

 Published On Apr 17, 2022

📖Mulk surasi

🎙Qiroati: Ustoz Muhammad Shokir domla
📝Tarjima: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.

🕋Makkada nozil bo‘lgan. 3️⃣0️⃣oyatdan iborat.

Ushbu surai karima o‘zining birinchi oyatida kelgan «Mulk» – «podshohlik» so‘zi bilan nomlangan. Ko‘pchilik uni o‘zining birinchi so‘zi bilan nomlab, Taborak surasi deb ham ataydilar.

Makkada nozil bo‘lgan boshqa suralar kabi, bu sura ham aqiyda masalasini muolaja qiladi. Mulk surasi uchta bosh maqsadni o‘z ichiga olgan:

1. Allohning azamati, tiriltirish va o‘ldirishga qodirligini bayon qilish;

2. Allohning yagonaligiga dalil va hujjatlar keltirish;

3. Qiyomatga va o‘lgandan so‘ng qayta tirilishga ishonmaydiganlarning oqibati nima bo‘lishidan xabar berish.

Sura birinchi maqsadni tushuntirish bilan boshlanadi. Butun mulk va hukmronlik Alloh taoloning qo‘lidaligi, Alloh taolo butun borliqning Boshqaruvchisi ekani, barcha narsa Unga bo‘yin egishi, Alloh hamma narsani O‘zi yaratishi – yo‘qdan bor qilishi, jon ato etishi va o‘ldirishi haqida so‘z ketadi.

So‘ng yetti osmonning yaratilishi, Alloh taolo bu dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatlab qo‘ygani va bularning barchasi Uning yagonaligi va qudratiga dalil ekaniga ishora qilinadi.

Shundan keyin Alloh taolo siz bilan bizga o‘rnak tarzida gunohkorlar haqida batafsil xabar beradi. «Ular g‘azabidan yorilib ketay deb qaynab turgan jahannamni ko‘radilar», – deydi Haq subhanahu va taolo. Surada kofirlar bilan mo‘minlarning boradigan joylari taqqoslanadi.

Alloh taolo O‘z ulug‘ligi va qudratiga dalil hamda hujjatlar keltirganidan so‘ng, g‘azabi va azobidan ehtiyot bo‘lishga da’vat qiladi.

Surai karimaning oxirida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklarini yolg‘onga chiqarmoqchi bo‘lganlarga Alloh taoloning azobi tushishidan ogohlantiriladi.

Shuning uchun bu sura «Saqlovchi» va «Najot beruvchi» deb ham ataladi, chunki u bandalarni katta azobdan saqlaydi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «U man qiluvchi va najot beruvchidir, qabr azobidan najot beradi», – deganlar. Keling endi, azizlar, Allohning irodasi bilan surai karimani tafsir qilishga kirishaylik.

show more

Share/Embed