Истиғфор ва Тавба (Abdulloh domla)
Da'vat Media Da'vat Media
10.5K subscribers
647,040 views
0

 Published On Aug 28, 2018

○وَمَنْ يَعْمَلْ سُوءًا أَوْ يَظْلِمْ نَفْسَهُ ثُمَّ يَسْتَغْفِرِ اللَّهَ يَجِدِ اللَّهَ غَفُورًا رَحِيمًا○
 Ким ёмонлик қилса ёки ўзига зулм этса, сўнгра Аллоҳга истиғфор айтса, Аллоҳни мағфиратли ва раҳмли зот эканини топади.
Сура Ан-Ниса' 110

___________________________________
___________________________________

"Alloh taolo meni yaxshi ko‘radimi?"

Alloh taolo qanday bandasini yaxshi ko'rishi haqidagi oyatlarni tadabbur qildim va uning muhabbati ma'lum sifatlar sohibiga qaratilganini topdim .

Qur'onda : "Alloh TAQVODORLARNI yaxshi ko‘radi " (Oli imron :76) deganini topdim . Va o‘zimni bu sifatga taqqoslab ,taqvodorlardanman deyishga jur'atim yetmadi ....!

So'ngra yana Qur'on oyatlarini bahs qilib "Alloh sabr qiluvchilarni yaxshi ko‘radi" (Oli imron: 146) degan oyatni topdim , va o‘zimni besabrligimni eslab bu sifat ham menda yo'q dedim ...!

Yana Qur'onni ochib izlanib : "Alloh o‘zining yo‘lida bir saf bo'lib mustahkam binodek urush qiladigan (Mujohidlarni) yaxshi ko‘radi.."
(Saf :4)degan so‘zini topib o‘zimning dangasa va chorasizligimni esladim. Va bu turdan ham emasligimni bildim ..!

Bahsda davom etdim .. va : "Alloh MUHSINLARNI yaxshi ko‘radi .." (Baqara :195) degan so‘zini topdim .. men esa bu sifatdan qanchalar uzoqman ..!
Shunda, Alloh yaxshi ko'rgan bandalaridagi biror sifat menda topilmasligidan qo'rqib bahsdan to'xtadim !
Amallarimni ko‘zdan kechirib aksar amalim dangasalik , gunohga aralashgan ekanini topdim . Shunda va nihoyat Allohni quyidagi so'zi yodimga keldi :
"Albatta Alloh TAVBA QILUVCHILARNI yaxshi ko‘radi .." (Baqara : 222)

Go‘yo bu sifat men va menga o‘xshaganlar uchun kelgandek !

Shunda bu safga qo‘shilish uchun istig‘for va tavbani boshladim :

Astag‘firulloha va atuvbu ilayh..

Astag‘firulloha va atuvbu ilayh..

Astag‘firulloha va atuvbu ilayh..

(Ali Tantoviy)

show more

Share/Embed